E’lon."O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati "Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi" filiali direktori lavozimiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruvi usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4720-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PF-5843-son farmoni, DavGeolQo’mning 15.02.2021 yildagi 27-sonli buyrug’i hamda O'zbekgeofizika" AJning 18.02.2021 yildagi 25-sonli buyruqlariga, "O'zbekgeofizika" AJ nizomiga muvofiq "Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi" filiali direktori lavozimiga nomzodlar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
- Texnik yoki muhandislik-iqtisodiy sohasiga oid Oliy ma'lumotga ega bo’lishi;
- neft va gaz tarmogʼida mutaxassisligi boʼyicha 7 yildan kam boʼlmagan ish staji, rahbar lavozimlarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bolishi;
- mehnatni tashkil qilishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan ilg'or shakllarini bilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;
- jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolari yoki Boshqaruv organ rahbarlari va a'zolari bilan har qanday qarindoshlik aloqalarining bo’lmasligi;
- iqtisodiy va (yoki) boshqaruv sohasida jinoyatlar uchun so’ndirilmagan sudlanganlik, shu jumladan chet elga chiqishni cheklashga taqiq mavjud emasligi;
- nomzodlardan hujjatlar va ularning nusxalarini qog’oz shaklida taqdim etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Bilishi shart:
Oʼzbekiston respublikasining, Oliy majlisning, Vazirlar Mahkamasining, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunlarini, qarorlarini, farmonlari va farmoyishlarini; neft va gaz sohasining moliyaviy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-xoʼjalik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni; neft va gaz sohasining iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʼnalishlarini belgilovchi respublika, regional va mahalliy organlarning qarorlarini; neft va gaz sohasining, asosiy yoʼnalishlari, tuzumi, texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga taalluqli uslubiy, meʼyoriy materiallarini; Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va xodimlar resursini; korxona mahsulot ishlab chiqarishiga doir texnologiyani; soliq va ekologiyaga doir qonunchilikni; ishlab chiqarish-xoʼjalik va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat boʼyicha biznes-rejalarni tuzish va kelishish tartiblarini; xoʼjalik yuritish va boshqaruvning bozor sharoitidagi usullarini; Korxonalarga oʼzining bozor sharoitidagi holatini belgilashga va mahsulot sotish uchun yangi bozor (isteʼmolchilar)ga chiqishga imkon beruvchi dasturlar ishlab chiqishni; xoʼjalik va moliyaviy shartnomalar tuzish va ijro qilish tartibini; bozor sharoitlarini; neft va gaz sohasida erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarni; korxonaning iqtisodiyoti va moliyasini boshqarishni, ishlab chiqarish va mehnatni uyushtirishni, tarmoq ichidagi tarif boʼyicha kelishuvlar, jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish tartibini, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartiblash usullarini, mehnat haqidagi qonunchilikni, yer qaʼri va atrof-muhit muhofazasiga doir qonunchilik asoslarini, “Neftgaz tarmogʼida mehnat muhofazasini boshqarishning yagona tizimi”ni, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʼin xavfsizligi va sanoat xavfsizligi qoidalari va meʼyorlarini.
Tillarni bilishi:
Rezidentlar uchun: o'zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz va (yoki) nemis tillarini bilishlari talab etiladi;
Norezidentlar uchun: o'zbek va rus tilini mukammal bilishi, ingliz yoki nemis tillarida gaplashlari talab etiladi.
Kompyuter bilimi:
MS Office- ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
Aksiyadorlik jamiyati filialida joriy faoliyatini boshqarish, samarali, bir ma’romda, barqaror va daromadli faoliyat yuritishini ta'minlash;
biznes-rejalar va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni boshqarish, ularning qat'iy bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Aksiyadorlik jamiyati filialining moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, shartnomaviy majburiyatlarini bajarilishini ta'minlash choralarini ko'rish;
Aksiyadorlik jamiyati filialining rivojlantirishi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shuningdek, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo'lgan miqdorda foyda olishni ta'minlash;
xodimlar uchun ijtimoiy kafolatlar va xavfsiz mehnat sharoitlar yaratishni ta'minlash;
amaldagi qonunchilik talablari, hukumat farmonlari va qarorlari, shuningdek, Jamiyat ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Doimiy ish.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to'lovlar (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo’lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma'lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to'g'risida guvohnoma) “O’zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining Xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo’limining Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron manzilida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 9 aprel soat 16:00 ga qadar.
Ushbu e'lon Jamiyat maxsus sayti (www.uzbekgeofizika.uz) e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tanlov bo'yicha qo’shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog'lanishlari mumkin.
(.doc) Nomzolar uchun Anketa