"O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.

O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruvi usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-4720-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son farmoni, DavGeolQo‘mning 15.02.2021 yildagi 27-sonli buyrug‘iga muvofiq "O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlar tanlovini e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.